NVIDIA 2025 moliyaviy yilining birinchi choragida nafaqat bozor prognozlarini, balki o‘zining o‘sish sur’atlarini ham keskin ortda qoldirdi. Kompaniya sun’iy intellekt, data center texnologiyalari va AI infratuzilmasidagi yetakchilikni kuchaytirgan holda, daromad va EPS bo‘yicha tarixiy rekordlarni yangiladi. Investorlar ishonchi kuchaydi: aksiyalar hisobotdan keyingi savdolarda +5.45% oshdi.

💵 MOLIYAVIY KO‘RSATKICHLAR
GAAP asosida:
- Umumiy daromad: $44.1 mlrd (yillik +69%)
- Data Center daromadi: $39 mlrd (yillik +73%)
- Gaming daromadi: $3.8 mlrd (choraklik +48%)
- Sof foyda: $18.8 mlrd
- EPS (suyultirilgan): $0.76
- Gross margin: 60.5% (H20 eksport ta’sirida pasaygan)
Non-GAAP asosida:
- Sof foyda: $19.9 mlrd
- EPS (suyultirilgan): $0.96 (bozor kutganidan +3.23%)
- Gross margin (H20 xarajatsiz): 71.3%

🔵 Kompaniya eksport nazorati tufayli $4.5 mlrd H20 mahsulotlarida zarar ko‘rdi, ammo ushbu ta’sirga qaramay, barqaror moliyaviy o‘sish saqlab qolindi.
🚀 STRATEGIK RIVOJLANISH
- Blackwell AI platformasi ishga tushirildi – trillion-token inferensiya va reasoning uchun maxsus arxitektura.
- DGX Spark va DGX Station GB300 AI superkompyuterlarining yangi avlodi.
- NVIDIA AI ommaviylashtirildi: OpenAI, Microsoft, Meta, Google kabi yirik mijozlar texnologiyani keng qamrovda joriy qilmoqda.
- AI zavodlari (AI factories) global miqyosda qurilmoqda – Saudiya Arabistoni, AQSh, Tayvan, Yaponiyada real loyihalar ishga tushdi.
- NVIDIA Omniverse texnologiyasi SAP, Siemens, Schneider Electric va boshqalar tomonidan sanoatdagi real foydalanishga tatbiq etilmoqda.

💰 KAPITAL SIYOSATI
- Chorak davomida $14.3 mlrd aksiyalarni qayta sotib olish va dividend shaklida aksiyadorlarga qaytarildi.
- Dividend: $0.01 (10:1 stock splitdan keyingi qiymat).
- Naqd mablag‘: $53.7 mlrd, hozirda kompaniya likvidlik darajasi yuqori.
- Aksiyalar bahosi $140.59 ga chiqib, investorlar ishonchini aks ettirmoqda.
⚖️ INVESTITSION RISK VA IMKONIYATLAR
Imkoniyatlar:
- Blackwell orqali inferensiya bozorini to‘liq egallash yo‘lida.
- AI ishlab chiqaruvchilari va davlat infratuzilmalari bilan strategik hamkorlik.
- Suveren AI infrastrukturasi bo‘yicha global davlat loyihalariga yetakchilik.
Risklar:
– Xitoydagi H20 eksport cheklovlari tufayli $8 mlrd daromad yo‘qotilishi kutilmoqda (Q2 outlook).
– Global AI raqobatida Xitoy kompaniyalarining kuchayishi.
– Bozor bahosining yuqori baholanishi (stock is priced for perfection).
📊 SIGNAL VA BOZOR BAHOSI
Qisqa muddatli investorlar uchun:
📍 EPS va daromad prognozdan yuqori, ammo aksiyalar narxi allaqachon yuqori darajada. SIGNAL: HOLD
Uzoq muddatli dividend investorlar uchun:
📈 Barqaror pul oqimi, dividendlar va strategik pozitsiya tufayli SIGNAL: BUY
Spekulyativ investorlar uchun:
⚡ Volatillik yuqori, AI bilan bog‘liq yangiliklar narxga bevosita ta’sir qiladi. SIGNAL: ACTIVE TRADING
⚠️ OGOHLANTIRISH
Ushbu tahlil ta’limiy va informatsion maqsadlarda tayyorlangan. Har qanday sarmoya qarorini qabul qilishdan oldin mustaqil tahlil yoki moliyaviy maslahatchi bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
✍️ MUALLIF
UPLIFT Analytics: Akhliddin Khudoyberdiev
Manba: https://www.investing.com/news/transcripts/earnings-call-transcript-nvidia-beats-q1-2025-expectations-stock-up-43-93CH-4069071