AI chip bozori: TSMC rekord daromad bilan o‘sishni davom ettirmoqda
Global yarimo‘tkazgich bozori sun’iy intellektga bo‘lgan kuchli talab fonida yangi bosqichga chiqmoqda. TSMC joriy chorakda yana rekord daromad qayd etib, AI chiplarga bo‘lgan talabning hali ham...
Global yarimo‘tkazgich bozori sun’iy intellektga bo‘lgan kuchli talab fonida yangi bosqichga chiqmoqda. TSMC joriy chorakda yana rekord daromad qayd etib, AI chiplarga bo‘lgan talabning hali ham yuqori ekanini tasdiqladi.
Kompaniya yanvar–mart davrida 1.13 trillion Tayvan dollari (taxminan $35.6 mlrd) daromad oldi. Bu bozor kutgan 1.12 trilliondan ham yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 35% o‘sishni anglatadi. Faqat mart oyining o‘zida daromad 45.2% ga oshdi.
DAROMAD TENDENSIYALARI
Daromadlar Tarixi va Prognozlari
TSM 2025-yil uchun har bir aksiya boshiga $10.65 daromad e’lon qildi (15/01/2026). Bu tahlilchilar konsensusining $10.37 ko‘rsatkichidan YUQORI bo‘ldi.
Surpriz %: 2.71%
Surpriz qiymati: $0.28
TSMC uchun asosiy drayver — sun’iy intellekt infratuzilmasiga bo‘lgan kuchli talab. Kompaniya Apple va Nvidia kabi yirik mijozlar uchun ilg‘or chiplar ishlab chiqarishda markaziy rol o‘ynamoqda.
Analitiklar fikricha, TSMC yil bo‘yicha 30% o‘sish maqsadini bemalol oshib o‘tishi mumkin. Sravan Kundojjala ta’kidlashicha, AI segmenti smartfon va PC bozoridagi zaiflikni to‘liq kompensatsiya qilmoqda.
Shu bilan birga, AI boom TSMC narxlash strategiyasiga ham ta’sir qilgan. Eng ilg‘or chiplar narxining oshirilishi birinchi chorakdagi daromadni yanada kuchaytirgan va marjalarni yuqori darajada ushlab turishga yordam bergan. Analitiklar gross margin 64% atrofida bo‘lishini kutmoqda.
TSMC hozirda global yarimo‘tkazgich ishlab chiqarish zanjirining markazida turibdi. AI, data center va high-performance computing segmentlaridagi o‘sish kompaniyani sanoatning eng muhim ishlab chiqaruvchisiga aylantirgan.
Bozor ichida esa raqobat kuchaymoqda. Google va Arm kabi kompaniyalar ham o‘z chiplarini ishlab chiqishga kirishmoqda. Hatto AI startaplari ham maxsus chip dizayniga kirishayotgani qayd etilmoqda.
Biroq ishlab chiqarishning eng murakkab qismi hanuz TSMC, Samsung va Intel kabi gigantlar qo‘lida qolmoqda.
TSMC aprel oyida to‘liq chorak hisobotini e’lon qiladi. Shu bilan birga, investorlar ASML natijalarini ham kuzatmoqda — chunki kompaniya TSMC kabi ishlab chiqaruvchilar uchun zarur bo‘lgan eng ilg‘or chip uskunalarini yetkazib beradi.
AI talabining kuchayishi TSMCni global yarimo‘tkazgich bozorining eng katta g‘olibiga aylantirmoqda. Bozor sikl emas, balki strukturaviy o‘sish bosqichiga kirgan.



Kammentariyada fikringizni qoldiring