Qaysi yo’l orqali daromad olish afzal: TRADING vs. INVESTING
Aksiyalar sotib olishda ko’pincha almashinib ishlatiladigan Trading va Investing haqida to’xtalib, o’zimizning pozitsiyamizni aytib o’tmoqchimiz. Bizning pozitsiya –...
Aksiyalar sotib olishda ko’pincha almashinib ishlatiladigan Trading va Investing haqida to’xtalib, o’zimizning pozitsiyamizni aytib o’tmoqchimiz.
Bizning pozitsiya – Investing. Sizlarga ham shuni tavsiya qilamiz. Chunki qisqacha qilib aytganda, Investingda:
- Shariatga ko’ra, agar kompaniya halol faoliyat bilan shug’ullansa, uning aksiyasini sotib olish joiz. Aksiya shariatga muvofiqligini tekshirish uchun sha’riy me’zon va standardlar mavjud;
- Aksiya sotib olishdan oldin kompaniya faoliyatini har tomonlama o’rganib chiqa olasiz (fundamental analiz);
- Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish orqali riskni kamaytira olasiz;
- Yillar davomida aksiya qiymatining o’sishi va murakkab foizning kuchi bilan yaxshigina daromad qilishingiz mumkin;
- Investingni qancha erta boshlasangiz, shuncha erta moliyaviy mustaqillikka erisha olasiz.
“Nima uchun Trading emas?” degan savolga javob quyidagicha:
- Trading operatsiyalari amalga oshiriladigan Forex tizimi shariatga ko’ra joiz emas (Forexni halol deb da’vo qiluvchilar mana bu videoni (https://youtu.be/V6a8gdnIT10) ko’rishsin);
- Valyuta kurslari yoki qimmatli qog’ozlar tahlili asosan texnik analiz va spekulyatsiyaga asoslangan;
- Risk yuqori va riskni diversifikatsiya qilishning deyarli iloji yo’q;
- Individual treyderlarning 90%dan ko’pi pulini yo’qotadi;
- Kim nima desa ham, Trading orqali qisqa vaqtda boyib ketish haqiqatdan ancha yiroq.



Juda zor
Salom qandayqilib organiwim mumkin
Oʻrganmoqchiman qanday oʻrgansam boʻladi?Qiziqaman
Qanday o’rganish mumkin