Fond bozori: Dow Jones keskin tushib, korreksiya bosqichiga kirdi
Juma kuni AQSh fond bozorlari keskin pasaydi. Neft narxining $110 dan oshishi va Hormuz bo‘g‘ozidagi keskin vaziyat investorlar xavotirini kuchaytirib, bozorda keng ko‘lamli sotuvlarga sabab bo‘ldi....
Juma kuni AQSh fond bozorlari keskin pasaydi. Neft narxining $110 dan oshishi va Hormuz bo‘g‘ozidagi keskin vaziyat investorlar xavotirini kuchaytirib, bozorda keng ko‘lamli sotuvlarga sabab bo‘ldi.
Mundarija
Bozor keskin pasaydi
Dow Jones— 793 punkt ( -1,73%) → 45 166 ( korreksiya hududi)
S&P 500— -1,67%→ 6 368 ( 7 oylik minimal)
Nasdaq Composite— -2,15%→ 20 9483

Hafta yakunida S&P 500 ketma-ket 5-hafta pasaydi (-2,1%) , Nasdaq -3,2% , Dow esa -0,9% tushdi.
Nasdaq rekorddan ~13% past , Dow esa ~10% tushib , rasmiy ravishdagi korreksiyaga kirdi.
Neft narxi va energiya bosimi
Brent nefti $112 (+4,2%), WTI $99 (+5,4%) darajaga chiqdi — bu 2022-yildan beri eng yuqori daraja.
Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi global energiya ta’minotiga jiddiy xavf tug‘dirdi. Ayrim kemalar ortga qaytarildi, hatto zararlangan kemalar ham qayd etildi. Bu esa bozorda qo‘shimcha bosimni kuchaytirdi.
Geosiyosiy vaziyat va bayonotlar
Donald Tramp Eron energetika obyektlariga zarba berish muddatini 6-aprelgacha uzaytirdi va muzokaralar davom etayotganini bildirdi.
Biroq, Eron muzokaralarni rad etmoqda, shu bilan birga AQShning qo‘shimcha 10 ming askar yuborishi mumkinligi haqidagi xabarlar vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.
Investorlar kayfiyati va asosiy xulosa
Tahlilchilarga ko‘ra, investorlar endi faqat bayonotlarga emas, balki real kelishuv va aniq natijaga qarab harakat qilmoqda.
Agar Hormuz bo‘g‘ozi uzoq yopiq qolsa, bu neft bozorida taqchillik va yuqori narxlarni saqlab qoladi. Hatto ochilgandan keyin ham, zaxiralarni tiklash vaqt talab qiladi.
Shu sababli, mojaro hal etilmaguncha fond bozori bosim ostida qolishi va volatillik yuqori darajada saqlanishi mumkin.



Kammentariyada fikringizni qoldiring