Fond bozori: neft narxi oshishi fonida S&P 500 pasaydi
Payshanba kuni AQSh fond bozorlari pasayish bilan yakunlandi. Bunga asosan neft narxining keskin oshishi va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik sabab bo‘ldi. Investorlar riskdan qochib, ehtiyotkor...
Payshanba kuni AQSh fond bozorlari pasayish bilan yakunlandi. Bunga asosan neft narxining keskin oshishi va Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik sabab bo‘ldi. Investorlar riskdan qochib, ehtiyotkor pozitsiyaga o‘ta boshladi.
Bozor va energiya bosimi
S&P 500 indeksi 1,5% ga pasaydi, Nasdaq Composite 2,1% yo‘qotdi, Dow Jones esa 435 punkt (-0,9%) tushdi. Shu bilan birga, Brent nefti 5% ga oshib $108+, WTI esa $94+ darajaga chiqdi.
Neft narxining oshishi → inflyatsiya xavfi → aksiyalar bosimi zanjiri yana kuchaydi. Shu fonida 10 yillik va 2 yillik obligatsiyalar daromadliligi keskin oshdi.
Geosiyosiy keskinlik va kutilmalar
Donald Tramp Eronni muzokaralarda jiddiy bo‘lishga chaqirdi va agar kelishuv bo‘lmasa, vaziyat yanada keskinlashishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u neft narxi vaqtinchalik oshganini va keyinchalik pasayishini bildirdi.
Eron esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar borligini rad etdi, biroq AQSh taklifini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Fors ko‘rfazi davlatlari Eronning energetika infratuzilmasiga hujumlarini qoraladi va o‘zini himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Tahlilchilarga ko‘ra, hozirgi bozorda asosiy driverlar — neft narxi va foiz stavkalari. Investorlar esa noaniqlik sabab ehtiyotkor strategiyani tanlamoqda.



Kammentariyada fikringizni qoldiring